Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDA TA’LIM VA O’QITISH SIFATINI TAKOMMILLASHTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining


Bugun Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Biotexnologiya sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takommillashtirish muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

Konferensiyani oliygoh birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib, anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Unda Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, Urganch davlat universiteti olimlari va tadqiqotchilari hamda viloyatdagi bir nechta Mas’uliyati cheklangan jamiat vakillari ishtirok etishdi. 

Konferensiyada barqaror rivojlanish maqsadiga erishishda noan’anaviy manbalarning ahamiyati, o‘simlik - tuproq-mikroorganizm munosabatini tiklashda samarali ta’sirga ega rizobakteriyalarga asoslangan biopreparatlardan foydalanish singari mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.