Close
Skip to main content


Raqamli texnologiyalar vaziri UrDUda bo’ldi  


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermetov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda yangi barpo etilayotgan Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti o‘quv binosi hamda mazkur bino negizida tashkil etilayotgan Sun’iy intellekt markazi bilan yaqindan tanishdi.

Vazirga universitet mas’ullari tomonidan markazning asosiy yo‘nalishlari, imkoniyatlari va istiqboldagi loyihalari haqida taqdimot qilindi. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni yanada rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy IT ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, tashrif davomida universitetning IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.