Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida joriy yilning 17–21-avgust kunlariga mo'ljallangan “Ta'lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish“ mavzusida Xalqaro yozgi maktab dasturi o'z ishini boshladi.
Unda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Dastlab ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Atamuratov so‘zga chiqib, universitet rektori F. Madrahimovaning tabrik so‘zlarini yo‘lladi.
Shuningdek, Germanistika instituti professori, Filologiya fakulteti dekanining raqamlashtirish va innovatsion ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari, Nemis–O‘zbekiston oliy ta’lim tarmog‘ining akademik rahbari Prof. Dr. Silvia Reuvekamp so‘zga chiqib, madaniyatlararo germanistika sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
5 kunlik dastur davomida:
sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqotlar;
tarjimada sun’iy intellektdan foydalanish;
nemis tilini zamonaviy metodlar asosida o‘qitish;
madaniyatlararo muloqot;
ilmiy loyiha va PhD ta’limi;
zamonaviy didaktik yondashuvlar bo‘yicha seminar va master-klasslar tashkil etiladi.
Ishtirokchilar uchun Xiva, Urganch hamda Nukus shaharlariga madaniy-ma’rifiy tashriflar ham rejalashtirilgan.


.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)


