Close
Skip to main content


UrDU talabasi Quvonchbek Ismoilov yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi!


Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionatida O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi vakili, Urganch davlat universiteti Erkin kurash yoʻnalishi talabasi Quvonchbek Ismoilov (63 kg) Oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Final bahsida Quvonchbek rossiyalik kurashchini 9:7 hisobida mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Quvonchbek Ismoilovga Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich tomonidan chempionlik kamari (World Championship Belt) tantanali ravishda topshirildi.

Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan Quvonchbek Ismoilov hamda uning murabbiylarini chin yurakdan tabriklaymiz. Hamisha yuksak gʻalabalar yor bo’lsin!