Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


Bo‘limning funksional vazifalari va faoliyati

Bo‘lim universitetning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va samarali boshqarishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

Bo‘lim universitet shtatlar jadvalini yil boshida ishlab chiqadi, Moliya va iqtisod departamenti rahbari hamda infratuzilmani rivojlantirish va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor bilan kelishadi, rektor tomonidan tasdiqlatadi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Kafedralar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv yuklamalardan kelib chiqib, normativ asosida shtat birliklarini belgilaydi va professor-o‘qituvchilarni rasmiylashtiradi. Xodimlar va professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish buyruqlarini o‘z vaqtida qayd etib, shtatlar soni monitoringini yuritadi. Zarurat tug‘ilganda smeta va shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi va ularni rasmiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Bo‘lim o‘rta muddatli biznes-reja va daromadlar hamda xarajatlar parametrlar loyihasini ishlab chiqadi. Har yili byudjetdan maqsadli to‘lovlar va talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hajmida xarajatlar smetalarini shakllantiradi va tasdiqlanishini ta’minlaydi. “UzASBO” va “DMBAT” dasturiy majmualari orqali smetalarni elektron shaklda tuzish, tasdiqlash, belgilangan muddatlarda tegishli organlarga yuborish va ro‘yxatdan o‘tkazilishini tashkil qiladi. Har chorak va yil yakuni bo‘yicha smeta, shtat jadvallari va kontingentlar bo‘yicha rejani tahlil qiladi, bajarilishini nazorat qiladi va hisobotlarni elektron shaklda taqdim etadi.

Bo‘lim universitet mablag‘larining sarflanish dinamikasini tahlil qiladi, iqtisod qilish imkoniyatlarini aniqlaydi va rektor qarorlarini ishlab chiqishda yordam beradi. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning qonunchilikka muvofiq shakllanishi va kutilayotgan tushumlarini prognoz qiladi. Ajratilgan moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlaydi, xarajatlarni rejalashtirilgan smetalar asosida amalga oshiradi va ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qiladi.

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari va universitet rektori buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi. Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan hujjatlar bo‘yicha bo‘limga tegishli bandlarga o‘z vaqtida va asoslantirilgan javoblar beradi.

Bo‘lim ta’lim jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ijtimoiy himoyani takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirish va zaruriy o‘quv jihozlari bilan ta’minlashga ham mas’ul hisoblanadi.