Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Magistratura o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilishga doir Oliy va o’rta maxsus ta'lim Vazirligi va boshqa yuqori tashkilotlar qaror, buyruq va ko’rsatmalarini universitet miqyosida joriy etish. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ishchi o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqish va zaruriy tasdiqlardan o’tkazilishini ta'minlash. Magistraturada umum-metodologik fanlardan darslarni tashkil etish va kafedralarda mutaxassislik fanlaridan o’quv jarayonini tashkil etilishini nazorat qilish, o’quv jarayonini me'yoriy xujjatlar bilan ta'minlash. Dars mashg’ulotlarini jadval asosida sifatli o’tilishini, guruh jurnallarini o’z vaqtida talab darajasida rasmiylashtirilishini tekshirib turish. Reyting nazoratlari jadvalini tasdiqlash va sinovlarni jadval asosida amaldagi talablar doirasida o’tkazilishini nazorat qilish. Magistrantlar ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot amaliyotlarini tashkil qilishini, amaliyotlar bo’yicha sharatnomalar tuzilishini va belgilangan tartibda o’tkazilishini nazorat qilish. Magistratura bo’yicha YaDA ga tayyorgarlik ko’rish va uni talab darajasida o’tkazish bo’yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtirish. YaDAK ishida ishtirok etish va yakunlari bo’yicha xisobot tayyorlash. Xorijiy mamalakatlardagi magistratura ta'limiga oid ilg’or tajribalarni o’rganish, tahlil qilish va o’quv jarayoniga tadbiq qilish choralarini ko’rish. Magistrantlarning darslarga to’liq qatnashishini (davomatini) nazorat qilish va muntazam ravishda monitoring o’tkazib borish. Magistrantlar bilan ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarini olib borish, ma'naviy-ma'rifiy yo’nalishlarda universitet miqyosida bo’ladigan barcha tadbirlarda magistrantlarni ishtirokini ta'minlash. Magistrlarning ishga joylashishi bo’yicha monitoring o’tkazib borish. Magistrantlar o’rtasida o’tkaziladigan Prezident stipendiyasi tanlovida qatnashadigan nomzodlar tayyorlash va ularning tanlovda ishtirokini ta'minlas