Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


 

1. Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining vazifalari:

1 Rektor nomenklaturasiga kiradigan administrativ-boshqaruv, muhandis -texnik,o‘quv-yordamchi,va ma'muriy-xo‘jlik xodimlari tarkibini universitet rahbariyati bilan birgalikda  tanlash va mehnat qonunchiligi me'yorlariga asoslangan holda rasmiylashtirish;

2  Rektor nomenklaturasiga qarashli universitet xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish, shuningdek  yuqori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni takdim  etish;

3  Universitet talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlarniyuritilishini nazorat qilish;

4  Belgilangan me'yoriy hujjatlar asosidauniversitet xodimlarining statistik hamda shaxsiy xisobini nazorat qilish;

5  Mehnat daftarchalarini  yurgizishni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;

7 Shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish,mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda xal qilib berish;

8 Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini universitet kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;

9  Universitet attestasion komissiyalarining ishlarida qatnashish;

10 Kadrlar zaxirasini tashkil qilishda qatnashish;

11 Pedagog xodimlarni tanlovini tashkil qilish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tuvchi pedagog xodimlar ro‘yxatini tayyorlash;

12 Tarifikasion komissiyada qatnashish va ilmiy-pedogogik stajga ko‘ra univer-

sitet xodimlariga oylik maoshlarini belgilash bo‘yicha buyruq loyihalarini  tayyorlash, shuningdek, kasaba uyushmasi bilan birgalikda  universitet xodimlari va ularning oilalariga nafaqalar belgilash uchun hujjatlar tayyorlash, ijtimoiy ta'minot organlariga ularni takdim etish;

13 Universitetda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma  va ma'lumotnomalar berish .

2. Pedagog xodimlar, ishchi-xodimlar bilan ishlovchi muhandisning vazifalari:

1. Universitet shaxsiy tarkibining hisobini olib borish;

2.Universitetga xodimlarni qabul qilinishi, bo‘shashi va boshqa ishga o‘tkazilishini rasmiylashtirish;

3. Universitet xodimlarining shaxsiy jildlarni belgilangan me'yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish va yurgizilishini nazorat qilish;

4. Universitet xodimlarining mehnat daftarchalarini to‘ldirish, hisobga olish va saqlash, ularga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish;

5. Universitet xodimlarining mehnat ta'tili jadvallarihisobinimehnat qonunchiligi asosida tuzish;

6.  Xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma'lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;

7.  Shaxsni tasdiqlovchi guvoxnomalar, ma'lumotnomalarni taqdim etish va ularni ro‘yxatga olish:

8.  Statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.

3. Talabalar bilan ishlovchi nazoratchilarning vazifalari

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni yuritish;

2. Belgilangan formalar bo‘yicha statistik hisobotni va universitet ichki hisobotini tayyorlash;

4.  Akademik ma'lumotlarni o‘quv bo‘limi bilan birgalikda  tayyorlash va taqdim etish;

5.  Boshqa universitetlarga o‘tkazilgan (rasmiy so‘rovnoma asosida) talabalarning shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va yuborish;

6. Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma'lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda taqdim etish.

7. Davlat namunasidagi oliy ma'lumot tug‘risidagi hujjatlarni hisobga olish,saqlash va mahsus yo‘riqnoma rasmiylashtirishni.