Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Tabiatni asrash farzandlik burchimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi

Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi “15 iyun butunjahhon tabiatni muhofaza qilish” kuni muhosabati bilan “Tabiatni asrash farzandlik burchimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Urganch-Tuyamo’yin” DUK, O’zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Ijroiya qo’mitasi, Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor-o’qituvchi va talabalari qatnashdi.Tadbirni Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani J.Ruzimov ochib berdi. Tadbir davomida ishtirokchilar so’zga chiqib, o’z sohalaridagi so’ngi yangiliklar, Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar qabul qilinayotgan qaror va qonunlar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, Jahonda, O’zbekistonda va Viloyatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar, ularning natijalari to’g’risida axborot berib o’tildi.

Tadbir davomida universitet talabalari o’rtasida tabiatni asrash bo’yicha “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng yaxshi rasm” nominatsiyalari bo’yicha musobaqa bo’lib o’tkazildi, g’oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlari bilan taqdirlandi.

Ulashish: