Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti olima ayollari bilan rahbariyat uchrashuvi tashkil etildi.

11-fevral –Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni" deb belgilangan. Shu munosabat bilan Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti olima ayollari bilan rahbariyat uchrashuvi tashkil etildi. 

Davra suhbatida UrDU O'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Xodjaniyazov, Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganov, "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri N.Quchqorova hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda kafedra olima ayollari, jumladan,  p.f.d prof. v.b M.Salayeva, f.f.n dots. G.Eshchanova, f.f.n dots.N.Y.Madraximovaning ilmiy faoliyati hamda ilm yo'lida olib borgan namunaviy ishlari shogirdlari tomonidan e'tirof etildi.  Ushbu olima ayollar misolida universitetimizda ilmiy faoliyatni olib borish uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi.

Ulashish: