Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Xorazm viloyati "Universiada" sport musobaqalarining futbol boʻyicha respublika final bosqichiga mezbonlik qildi

Joriy yilning 5-7 aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Universiada” sport musobaqalarining Futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.  

Finalda musobaqaning mintaqaviy bosqichi gʻoliblari, yaʼni Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatilarining jamoalari oʼzaro kuch sinashdilar.

Uch kun davomida Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqalarning bugun yakuniy oʻyinlari va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unga koʻra:
1-oʻrin: Xorazm viloyati jamoasi;
2-oʻrin: Namangan viloyati jamoasi;
3-oʻrin: Surxondaryo viloyati jamoasi.

Taqdirlash marosimi davlatimiz madhiyasi sadolari ostida start oldi. Shundan soʻng, gʻoliblar eʼlon qilindi. Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev hamda “Universiada” sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari E.Qodirovlar tabrik nutqini soʻzlab, jamoalarni qizgʻin tabrikladilar. Bundan keyingi faoliyatlarida yuksak parvozlar tiladilar. 

Tabrik va qutlovlardan soʻng, jamoa aʻzolarga Oltin, Kumush va Bronza medallari taqib qoʻyildi, Diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, "Universiada" sport musobaqalarining futbol boʻyicha Respublika final bosqichini yuksak saviyada tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha qoʻshgan hissalari uchun bir guruh mutasaddilarga Tashakkurnomalar topshirildi.

urdu.uz, Xorazm viloyati "Universiada" sport musobaqalarining futbol boʻyicha respublika final bosqichiga mezbonlik qildi

Ulashish: