Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o`qituvchisi Atajanov Temurning Kam tarqalgan Yevropa karam turlarining yetishtirilish texnologiyasi ma`ruza shaklida Baliq skeleti metodi yordamida o`qitish mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari.

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra o`qituvchisi  T.Atajanovga Kam tarqalgan Yevropa karam turlarining yetishtirilish texnologiyasi ma`ruza shaklida Baliq skeleti metodi yordamida o`qitish mavzusidagi  ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi.

   Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. «Baliq skeleti» sxemasi muammoning butun doirasi (maydoni)ni ifoda etish va uning yechimini topishga imkoniyat beradi.

Tizimli, ijodiy, tashliliy mushohada qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi

Sxemasini tuzish qoidalari bilan tanishadi.

«Suyak» yuqori qismiga muammo ichidagi muammo yoziladi, pastki qismiga esa -ushbu muammo ichidagi muammo amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi faktlar yoziladi.

Mini-guruhlarga birlashadi, o‘z sxemalarini taqqoslaydi va qo‘shimchalar kiritadi. Umumiy sxemaga jamlaydi.

Ulashish: