Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o`qituvchisi Abdullayev Dadaxonning Qovun yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashishni Aqliy hujum metodidan foydalanib o`tish mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra o`qituvchisi D.Abdullayevga Qovun yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashishni Aqliy hujum metodidan fotdalanib o`tish mavzusidagi ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi.  O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan eng ko‘p zarar keltiradigan qovun kasalliklari rizoktoniozi, fuzarioz so‘lish, un-shudring va boshqalar, zararkunandalardan qovun maysa pashshasi va qovun pashshasi, poliz shirasi, o‘rgimchakkana, kemiruvchi ko‘kqurt tunlami kabilardir. Un-shudring kasalligi. Kasallikda barglarning ikki tomonida ham oq, sarg‘ish-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-kulrang, yupqa g‘ubor hosil bo‘ladi, keyinroq barglar sarg‘ayadi, qo‘ng‘ir tus oladi va quriydi. G‘ubor ba’zan o‘simlik poyasi va barg bandlarida, kam hollarda mevalarda uchraydi. Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlari va begona o‘tlarda qishlaydi. Un-shudring qovun hosilini dalada 36-64% kamaytirishi mumkin. O‘simlik bitlari (shiralar). Qovun o‘simligida bitlarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ayrim yillari hosildorlikni 50% gacha kamaytirishi mumkin. Kurash choralari. Agrotexnik – almashlab ekish, qator oralariga sifatli ishlov berish, ko‘llatib sug‘ormaslik. Biologik. Oltinko‘zning 3-4 kunlik tuxumini zararkunanda miqdoriga qarab 1:10, 1:5 nisbatda chiqarish. Kimyoviy usul. (atsetamiprid) mospilan 20% n.kuk, kamilot 20% n.kuk. nestor 20% n.kuk– 0,15 l/ga; (malation) karbofos 57% em.k.fufanon – 1,2 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilarning birortasi bilan ishlov beriladi Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.

Ulashish: