Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"O'zbek tili o'qitish metodikasi" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi
F.Masharipova tomonidan o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 213-guruh talabariga "O'zbek tili o'qitish metodikasi" fanidan ochiq amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

Mashg'ulot "Akademik litsey ona tili darsligida fonetika bo'limini o'qitish usullari" mavzusida tashkil qilindi. Mashg'ulot davomida "A4", "Puzzle", "Koptok", "Tushunchalar tahlili" kabi metodlardan foydalanildi. Guruhlarga bo'lingan holda turli xil topshiriqlar bajarilib, mavzu yuzasidan bilim va ko'nikmalar shakllantirildi.

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi I.Davletov ishtirok etib, yutuq va kamchiliklar borasida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ulashish: