Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilarining "Tilimizni o'rganamiz" radioeshittirishida chiqishi

O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari Dilbarjon Allaberganova hamda Zamira Madrimovalar Xorazm MTRKning "Tilimizni o'rganamiz" radioeshittirishida chiqish qildilar.

Dastur avvalida oʻzbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning ahamiyati, sheva va lahja tushunchalari, Xorazm shoirlari sheʼriyatidagi shevaga xos birliklar hamda Oʻzbek filologiyasi fakultetida shevashunoslik bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. 
Eshittirish jarayonida bugungi kunda shevaga doir elementlarning nutqimizdagi salmogʻi ancha kamayib borayotganligi, ona allasining betakror jozibasi, xalq ogʻzaki ijodi namunalarining farzandlar tarbiyasidagi ulkan ahamiyati toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: