Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi mudiri q.x.f.n dotsent Sadullayev Sanjarbekning Sabzavot ekinlarining batonik ta’rifi,marfalogogik va biologogik xususiyatlari mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

Ma’ruzada ma’ruzachi sabzavotlarning batonik ta’rifi haqida gapirdi, Sabzavot ekinlari  — asosan, sabzavot olish uchun yetishtiriladigan madaniy oʻsimliklar guruhi. 120 dan ortiq ekiladigan turi maʼlum. 10 oilaga mansub 90 turi koʻp tarkalgan. Sabzavot ekinlari karamdoshlar (karam, sholgʻom, rediska, turp va boshqalar), soyabonguldoshlar (sabzi, selderey, petrushka, ukrop va boshqalar), shoʻradoshlar (lavlagi va boshqalar), qovokdoshlar (bodring, tarvuz, qovun, qovoq), tomatdoshlar (pomidor, baqlajon, qalampir), burchoqdoshlar (mosh, noʻxat, loviya), murakkabguldoshlar (salat va boshqalar), piyozdoshlar (piyoz, sarimsoq piyoz), torondoshlar (rovoch, otquloq) boshoqdoshlar (shirin donli makkajoʻxori) botanik oilalariga boʻlinadi. Piyozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. Sabzavot ekinlari oʻsishi va rivojlanishi davomiyligi tipiga koʻra, bir yillik (bodring, pomidor, qalampir, baqlajon), ikki yillik (sabzi, karam, piyoz, sarimsoq va boshqalar) va koʻp yillik (shovul, otquloq va boshqalar) ekinlarga boʻlinadi. Mahsuldor organlari (yeyiladigan qismi)ga koʻra 5 guruhga: ildizmevalilar (sabzi, lavlagi, sholgʻom, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsoq), mevali sabzavotlar (pomidor, bakqajon, kalampir, bodring, tarvuz, qovun va boshqalar), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, petrushka), dukkakli sabzavotlar (koʻk noʻxat, loviya, jandiq)ga bulinadi. Ikki yillik Sabzavot ekinlari da 1-yili ovkatga ishlatiladigan hosil organlari yetishadi. 2-yili ular urug (piyoz, sarimsok, karam va boshqalar) beradi. Koʻpchilik Sabzavot ekinlari issiqsevar, tuproq unumdorligi va namga talabchan (yana qarang Sabzavotchilik). Sabzavot ekinlari jahondagi barcha dexqonchilik mintaqalarida yetishtiriladi.Ma’ruzada talabalardan mavzu boyicha tushunmagan savollarini so’rab,savol-javob qildilar.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi.

Ulashish: