Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"O'zbek tili" fanidan ochiq dars o'tkazildi.

O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi A.Allaberganova tomonidan Rus tili ta'lim yo'nalishi 234-guruh talabalariga "O'zbek tili" fanidan ochiq dars o'tkazildi. Dars O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Mashg'ulot "Sinonimlar hamda antonimlar yuzasidan mashq ishlash" mavzusida bo'lib o'tdi. Dars avvalida o'tilgan mavzu  "Tezkor savol-javob" metodi orqali takrorlandi. Dars davomida "Tushunchalar tahlili", "Aql charxi" kabi metodlarni qo'llash orqali antonim va sinonimlarga xos qoidalar izohlandi. Sinonim hamda antonimlarning turlari yuzasidan mashq va topshiriqlar bajarildi. Dars yakunida "O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati" va "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" ni tahlil qilish orqali mashg'ulot mavzusi mustahkamlandi.

Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti X.Qodirova hamda kafedra o'qituvchisi D.Jumaniyozovalar ishtirok etdi.

Ulashish: