Bugun 25-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasida navbatdagi ilmiy nazariy seminar boʻlib oʻtdi.
Kafedra stajyor-o‘qituvchisi Xolliyev Shaxzod Shonazarovich “Tarjimada lingvomadaniy birliklarning adekvat ifodalanishi: nazariya va amaliyot” mavzusida ma'ruza qildi.
Mazkur ma’ruzada tarjima jarayonida lingvomadaniy birliklarning o‘rni va ahamiyati, ularni boshqa tilga ko‘chirishda yuzaga keladigan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil tahlil qilindi. Xususan, milliy-madaniy koloritni saqlash, realiyalar, frazeologizmlar, obrazli ifodalar va onomastik birliklarning tarjimada adekvat aks ettirilishi masalalari nazariy qarashlar hamda amaliy misollar asosida yoritib berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, mavzu yuzasidan qizg‘in ilmiy munozara olib borildi.