Close


Bugun 1-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari va magistrantlar ishtirok etdi.

Ilmiy-nazariy seminarda kafedra stajyor-o'qituvchisi Saidahmedova Nargiza "Nemis tilidagi qiyosiy frazeologik birliklarning tarjimada berilishi" mavzusida ma'ruza qildi.

Ma’ruzada frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari hamda ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar tahlil qilindi. Tarjimada adekvatlikni ta’minlash uchun muqobil variant topish, ma’nodosh birliklardan foydalanish va izohli tarjima usullarining ahamiyati ta’kidlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga katta qiziqish bildirildi va mavzuni yoritish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ulashish: