Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyning Lyaonin pedagogika universitetida bo’ldilar

2026-2027 o’quv yilidan Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti Filiali tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 8-9 iyun kunlari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida delegatsiya Lyaonin pedagogika universiteti Filiali tashkil etish masalalari yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasining Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetida boʻldilar. Hozirgi kunda filialning bino ta’minoti va moddiy-texnik bazasi bilan bog’liq ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Dastlab mazkur filialning tashkil etilish jarayonlariga oid masalalar yuzasidan Lyaonin pedagogika universiteti partiya Bosh kotibi Liu Hong xonim va universiteti rektori Luo Wenbo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.   Shuningdek, universitet prorektori Li Yujyun boshchiligida universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i va mas’ullari hamda universitet tarkibidagi institut direktorlari ishtirokida muzokaralar o’tkazildi.
 
Muzokaralar davomida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlarida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti va Urganch davlat universiteti o’rtasida imzolangan uch tomonlama bitimning mohiyati, unda keltirilgan tomonlarning vazifalari, vakolatlari va majburiyatlari o’zaro muhokama qilindi.
 
Safar davomida Xitoy-O’zbekiston gumanitar almashuv va mintaqaviy sivilizatsiyalar o’zaro o’rganish bo’yicha simpozium bo’lib o’tdi, unda UrDU rektori Feruza Madrahimova O’zbeksiton-Xitoy hamkorlik aloqalari bo’yicha ma’ruza bilan ishtirok etdi. Simpozium yakunida Lyaonin pedagogika universiteti rektori tomonidan Faxriy professor unvoni taqdim etildi.



















Ulashish: