Close
Skip to main content


Urganch davlat universiteti talabalari IMC 2026 xalqaro matematika olimpiadasida munosib natija qayd etdi

Joriy yilning 27-iyulidan 3-avgustiga qadar Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida joylashgan Amerika universitetida (AUBG) talabalar o‘rtasida matematika bo‘yicha nufuzli 33-Xalqaro matematika olimpiadasi — IMC 2026 bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etgan mazkur xalqaro olimpiadada Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etib, universitetimiz sharafini xalqaro miqyosda himoya qildilar.

Quvonarlisi, universitetimiz talabalari nufuzli musobaqada yuqori natijalarga erishdilar:

  • Muslima Davronbekova — Matematika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi, Bronza medali (Third Prize) sohibasi;
  • Sherzodbek Saidov — Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi, Faxriy yorliq (Honourable Mention) bilan taqdirlandi.

Mazkur natijalar talabalarning matematika faniga bo‘lgan yuksak qiziqishi, bilim va salohiyati, shuningdek, ularni tayyorlagan ustozlarning fidokorona mehnati samarasi hisoblanadi.

Fizika-matematika fakulteti jamoasi talabalarimizni, ularning ota-onalarini hamda ustozlarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi ilmiy hamda ta’limiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Ulashish: