Close
Skip to main content


Ilmiy-nazariy seminar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Ingliz filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Ingliz filologiyasi kafedrasi tayanch doktoranti Bekchanova Hilola Dmitriyevna «O'zbek va ingliz sheriyatida onomastik birliklarning funksional stilistik xususiyatlari» mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada o'zbek va ingliz sheriyatidagi onomastik birliklar qanday vazifalarni bajarishi tahlil qilindi. Shu bilan birga nomlar she'rda oddiy ko'rsatkich emas: u xotira, ramz, baho va madaniy kodni bir vaqtning o'zida faollashtirishi yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Seminar yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ulashish: