Close
Skip to main content


"1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni"

          An’anaga muvafiq Urganch davlat universitetida "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Talabalar ertalabdan professor-o‘qituvchilarmizni gullar bilan qarshi oldilar. Ular uchun yangi Madaniyat saroyida tadbir va Universitet rahbariyati tomonidan bayram oshi tashkil etildi.Tadbir davomida ustozllarga bag‘ishlab she’rlar aytildi va kuy-qo‘shiqlar ijro etilidi.

         Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbirida ma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan professor-o'qituvchilar, xususan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi professori Palvanova Olga Ibragimovna xonadoniga tashrif buyurilib holidan xabar olindi. Tashrif jarayonida ustozga bayram tilaklari bildirilib, ustozga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.Bundan tashqari,universitetda uzoq yillar faoliyat olib brogan faxriy ustozlar xonadoniga ham tashrif buyurdilar. Jumladan, Filologiya fakultetida uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borgan Rus tili va adabiyoti kafedrasining faxriy ustozi Salayev Qadamboy Babadjanovich xonadonida bo‘lib, ustozning ta’lim-tarbiya va ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali faoliyati e’tirof etildi. Faxriy ustozlar o‘zlarining ko‘p yillik pedagogik tajribalari va hayotiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar va fakultet jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

 

Ulashish: