Close
Skip to main content


Xalqaro hamkorlik – zamonaviy nemis tili ōqituvçilarini tayyorlaş sari muhim qadam

Xalqaro hamkorlik – zamonaviy nemis tili ōqituvçilarini tayyorlaş sari muhim qadam

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi hamda Germaniyadagi Gyote institutining Ōzbekistondagi filiali ōrtasidagi xalqaro hamkorlik nemis tili ōqituvçilarini tayyorlaş sifatini oşiriş va oliy ta’lim tizimini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tomonlar ōrtasida imzolangan hamkorlik şartnomasining asosiy maqsadi Gyote institutining «DLL – Deutsch Lehren Lernen» («Nemis tilini ōqitişni ōrganiş») nomli ōquv majmualarini ta’lim jarayoniga tatbiq etiş orqali nemis tili ōqituvçilarini tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş borasida hamkorlik qilişdan iborat.

Mazkur şartnoma asosida DLL dasturining quyidagi ōquv majmualari 60230100 – Filologiya va tillarni ōqitiş (nemis tili) ta’lim yōnalişining ōquv rejalariga integratsiya qilingan:

DLL 4 – Aufgaben, Übungen, Interaktion (Vazifalar, maşqlar va ōzaro muloqot)

Mazkur modul «Çet tillarni ōqitiş metodikasi va ta’lim texnologiyalari» fani doirasida ōqitiladi. Talabalar vazifa va maşqlarning turlari, ularni tanlaş va işlab çiqiş mezonlari, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiriş, dars jarayonida ōzaro muloqotni taşkil etiş hamda ta’lim oluvçilar faolligini oşiriş usullarini ōrganadilar.

DLL 6 – Curriculare Vorgaben und Unterrichtsplanung (Ōquv dasturi talablari va darsni rejalaştiriş)

Uşbu modul «Darsni rejalaştiriş» fani doirasida ōqitiladi. Talabalar tillarni ōrganiş, ōqitiş va baholaş bōyiça Umumyevropa kompetensiyalari tizimi (GER), zamonaviy didaktik-metodik tamoyillar, dars maqsadlarini belgilaş, darsliklarni tahlil qiliş, darsni rejalaştiriş modellari hamda samarali dars işlanmalarini yaratiş bōyiça nazariy bilim va amaliy kōnikmalarga ega bōladilar.

Hamkorlikning yana bir muhim jihati – kafedraning ōquv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşdir. Germaniyadagi Gyote institutining Ōzbekistondagi filiali tomonidan kafedraga DLL dasturiga oid ōquv majmualari, zamonaviy interaktiv sensorli doska (Touchboard) hamda qōşimça ōquv-metodik materiallar beḡaraz taqdim etildi.

Mazkur resurslar ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, interaktiv maşḡulotlarni taşkil etiş hamda nazariya va amaliyot uyḡunligini ta’minlaşga xizmat qilmoqda.

Hamkorlikning amaliy natijalari va istiqbollari

Bugungi kunga qadar universitetimizda 450 nafarga yaqin talaba DLL dasturining mazkur modullari asosida tahsil olgan. Uşbu dastur asosida ta’lim olgan bitiruvçilar bugungi kunda Xorazm viloyati hamda Ōzbekistonning turli hududlaridagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib, egallagan nazariy bilimlari, amaliy kōnikmalari va kasbiy kompetensiyalarini pedagogik faoliyatlarida qōllamoqdalar.

DLL loyihasining universitetdagi koordinatori Roman-german filologiyasi kafedrasi ōqituvçisi, Gyote instituti multiplikatori Nigora Kadirova hisoblanadi.

Mazkur xalqaro hamkorlik ilḡor xalqaro tajribalarni oliy ta’lim tizimiga tatbiq etiş, ta’lim sifatini oşiriş, bōlajak nemis tili ōqituvçilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda zamonaviy pedagog kadrlarning yangi avlodini şakllantirişga xizmat qilmoqda.

Roman-german filologiyasi kafedrasi jamoasi samarali hamkorlik, ōquv-metodik va moddiy-texnik kōmak hamda Ōzbekistonda nemis tili ta’limini rivojlantirişga qōşayotgan munosib hissasi uçun Gyote institutining Ōzbekistondagi filialiga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Birgalikda ōqitamiz, birgalikda ōrganamiz, birgalikda kelajakni yaratamiz!

 

 

Ulashish: