Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



"Targ'ibot poyezdi" guruhi a'zolari ishtirokida seminar tashkil qilindi


Bugun, 13-oktabr kuni  talaba-yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish,  siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan  “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o'tkazilayotgan "Targ'ibot poyezdi"ning 10 nafar a'zodan iborat targ‘ibot guruhi Urganch davlat universitetiga keldilar. 
Shu munosabat bilan, seminar tashkil qilinib, mazkur seminar  Urganch davlat universiteti rahbariyati, dekan muovinlari, TTA Urganch filiali hamda TATU Urganch filialining mas'ullari, ko'ngilli talaba-yoshlar hamda TDYU professori N.Rajabov boshchiligidagi targ`ibot guruhi a'zolari ishtirokida o`tkazildi. 
Seminarni UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjar Davletov kirish so'zi bilan ochib berdi. 
Seminar davomida uch kunlik targ'ibot ishlari rejalashtirib olindi.

urdu.uz, "Targ'ibot poyezdi" guruhi a'zolari ishtirokida seminar tashkil qilindi

urdu.uz, "Targ'ibot poyezdi" guruhi a'zolari ishtirokida seminar tashkil qilindi

urdu.uz, "Targ'ibot poyezdi" guruhi a'zolari ishtirokida seminar tashkil qilindi

Ulashish: