Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



“Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi


Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam  ravishda o‘tkazilib kelinayotgan  “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining  bugun,  16-oktabr sanasida navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda  Filologiya  fakultetining kitobsevar  talaba-yoshlari   taniqli o‘zbek  yozuvchisi O‘lmash Umarbekovning  “Odam bo‘lish qiyin”  hamda rus adibi  Anton Pavlovich Chexovning  "6-palata" asarlari  asosida o‘zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar. 

Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asarlar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar. 
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar  va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar e’lon qilindi:
1-o'rin:  181-o'zbek tili guruhi talabasi Safayeva Gulnoza;
1-o'rin:  201-rus tili guruhi talabasi To'xtabayeva Gulzoda;
2-o'rin:  183- o'zbek tili guruhi talabasi Yo'ldosheva Quvonchoy;
3-o'rin:  193-o'zbek tili guruhi Ayitboyeva Yulduz.

Shundan so‘ng, Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov fakultet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda tanlov g‘oliblarga diplomlarini tantanali topshirdi.

urdu.uz;KITOBXON TALABA KO‘RIK-TANLOVINING  NAVBATDAGI SONI BO‘LIB O‘TDI

urdu.uz;KITOBXON TALABA KO‘RIK-TANLOVINING  NAVBATDAGI SONI BO‘LIB O‘TDI

urdu.uz;KITOBXON TALABA KO‘RIK-TANLOVINING  NAVBATDAGI SONI BO‘LIB O‘TDI

urdu.uz;KITOBXON TALABA KO‘RIK-TANLOVINING  NAVBATDAGI SONI BO‘LIB O‘TDI

Ulashish: