Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



28-APREL - "BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI" GA BAGʻISHLAB DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI


Bugun Urganch davlat universitetida 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab, “Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shaklllantiramiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda UrDU Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev, Mehnat mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi xodimlari, “Ekologiya va hayot faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet va bo‘limlardan mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar ishtirok qildilar.

Tadbirni UrDU kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Q.Xamrayev ochib berdi hamda 2022-yil uchun mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ishlari bo‘yicha Urganch davlat universiteti ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan kelishuv bilan tanishtirib o‘tdi.

Tadbirda Mehnat mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi muhandisi F.Ro‘zimov so`zga chiqib, universitetda xodimlar uchun mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalarni oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha 2022-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida gapirib o‘tdi.

 Shuningdek, “Ekologiya va hayot faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mehnat muhofazasining huquqiy-tashkiliy asoslari va universitetda xodimlar uchun mehnat xaxfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻin chiqishini oldini olish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini haqidagi yoʻriqnomalar haqida ma’ruza qildilar.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qildilar.

Ulashish: