Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

Urganch davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi oʻtkazildi

Urganch davlat universitetida yoshlarni sogʻlom turmush tarzi va sportga jalb qilish borasidagi ishlarni uzviy davomi sifatida joriy yil 2-6 iyun kunlari  "Rektor kubogi" sport musobaqasining yigitlar oʻrtasida futbol boʻyicha, qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha oʻyinlari boʻlib oʻtdi. 

6-iyun kuni  ushbu “Rektor kubogi” musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan jamoalar sarhisob qilinib, taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 

Tantanali taqdirlash marosimida UrDU rektori Baxrom Abdullayev soʻzga chiqib, toʻrt kun davomidagi bahslarda faol qatnashib, jamoasi gʻolibligi uchun sidqidildan kurashgan yigit-qizlarni eʼtirof etdi, barchalarini kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, Toshkent yengil sanoat va toʻqimachilik instituti prorektori Azamat Gulamovning sportchi talabalarimiz uchun tabrik soʻzlari tinglandi.

Shundan soʻng, voleybol va futbol boʻyicha eng kuchli g‘olib jamoalarga diplom va medallar, esdalik sovgʻalari hamda asosiy sovrin “Rektor kubogi” tantanali topshirildi.

Taqdirlash marosimi yuqori kayfiyatda, bayramona shukuhda oʻtdi. Davomiy kuy-qoʻshiqlar, goʻzal raqslarga boy boʻlgan oqshom tadbirda ishtirok etayotgan mingga yaqin talaba-yoshlarning dillariga olam-olam zavq bagʻishladi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi oʻtkazildi

Ulashish: