Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



“Universiada” sport musobaqalarining yakuniy natijalari e’lon qilindi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi I.Abdurahmonov boshchiligida 2023-yil 8-iyun kunidagi  “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga muvofiq, “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi umumjamoa hisobidagi yakuniy natijalari e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan Urganch davlat universitetining sportchi talabalari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

G‘olib va sovrindorlarga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish marosimi shu yilning 15-iyun kuni o‘tkaziladi. 

Ushbu yuksak g‘alaba bilan butun universitetimiz jamoasini, sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan qutlaymiz. 

G‘alaba muborak bo‘lsin!!!

urdu.uz, “Universiada” sport musobaqalarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Ulashish: