Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

Germaniyaning Myunster universiteti professorlari UrDU talabalariga dars mashgʼulotlari olib borishmoqda

Joriy 10-oktabr kuni Urganch davlat universiteti rahbariyati Germaniyaning Myunster universiteti professori Suzanne Gyunter xonim va Zigen universiteti professori janob  Karl Koxlar bilan uchrashdi.  Uchrashuvda UrDU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori G‘.O‘razboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi E.Yo‘ldoshevlar qatnashdi.

Rasmiy muloqot doirasida har ikkala universitetlar, jumladan, Myunster universiteti bilan yoʻlga qo‘yilgan hamkorlik shartnomasi doirasini kengaytirish, germaniyalik magistrlarni bizning universitetda amaliyot o‘tashlarini taʼminlash, professor-o‘qituvchilarimizning Myunster universitetida bir oylik va undan ham ko‘proq muddatda malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun xizmat safariga yo‘naltirish, mazkur universitet bilan professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda Zigen universiteti bilan iqtisodiyot sohasida hamkorlik o‘rnatish kabi masalalari muhokama olindi. Shuningdek, mazkur universitet bilan  Erasmus+ doirasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha qilinayotgan ishlar samarasi ham koʻrib chiqildi.

Aytish joizki, Myunster universiteti professori Suzanne Gyunter xonim va Zigen universiteti professori janob Karl Koxlar shu yilning 6-oktabr sanasidan boshlab, talabalarga maʼruza va seminar, professor-o‘qituvchilar uchun master klasslar o‘tkazib kelmoqdalar. 

Ma’lumot uchun, Germaniyaning Myunster universiteti dunyo reytingida top 300 talik universitetlar qatoriga kiradi.

urdu.uz, Germaniyaning Myunster universiteti professorlari UrDU talabalariga dars mashgʼulotlari olib borishmoqda

Ulashish: