Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Ispaniyaning Kadis universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi


2023-yilning 14-oktabr kuni Ispaniyaning Kadis universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rafael Jiménez Castañeda hamda Kadis universiteti qoshidagi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo xalqaro universitet markazi direktori Andres Santana Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar bilan UrDU rektori B.Abdullayev va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.O‘razboyev uchrashdi.

Muloqotda dastlab mehmonlarga Urganch davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, Ispaniya oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorliklar, Ispaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan va «El-yurt umidi» jamg‘armasining doktorantura dasturlari doirasida tahsil olayotgan yosh olimlar to‘g‘risida ma‘lumot berildi.

Uchrashuvda tomonlar ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarni o‘rnatish uchun qator takliflarni ilgari surdilar: Ispan tili va turizm yo‘nalashilarda hamkorlik qilish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ilmiy hamkorlik, xalqaro va Respublika fondlari doirasida yosh olimlarning stajirovkasini va doktorantura kurslarida o‘qishini tashkil etish.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar universitetning Fizika laboratoriya xonalari bilan tanishdilar. 

urdu.uz, Ispaniyaning Kadis universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi

urdu.uz, Ispaniyaning Kadis universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi

urdu.uz, Ispaniyaning Kadis universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi

urdu.uz, Ispaniyaning Kadis universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Ulashish: