Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



InnoWeek-2023


Bugun Urganch davlat universitetida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi tadbirlari boshlandi. Haftalik doirasida xorijiy professorlar bilan seminarlar tashkil etilmoqda. 

Jumladan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo′lib turgan AQSHning Stony Brook universiteti professori Michael Gurvitch bugun, 16-oktabr kuni universitetimizda bo′ldi. 

Dastlab UrDU rektori B.Abdullayev bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo′yicha prorektor Z.Ibragimov hamrohligida uchrashdi. Unda  o′zaro hamkorlik aloqalarini yo′lga qo′yish borasida muzokaralar olib borildi.

Shundan so′ng, universitetning Fizika hamda Biologiya yo′nalishlari talabalari va professor-o′qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etilib, unda prof.Michael Gurvitch o′zining «Brave New e–World» kitobining taqdimotini qildi.

Shuningdek, prof. Michael Gurvitch Kimyoviy texnologiyalar fakultetida bo′lib, “InnoWeek.Uz-2023” haftaligi ko′rgazmasi bilan ham tanishdi.

urdu.uz, Innoweek-2023

urdu.uz, Innoweek-2023

urdu.uz, Innoweek-2023

urdu.uz, Innoweek-2023

urdu.uz, Innoweek-2023

Ulashish: