Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



“YOSHLARNI EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI


Bugun, 27-mart kuni Urganch davlat universitetida “Yoshlarni ekologik madaniyatini oshirish va atrof-muhit muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida viloyat OAV vakillari, blogerlar va talaba-yoshlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. 

Unda Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti dekani J.Roʻzimov, “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri S.Babajonova va ushbu kafedra dotsentlari A.Masharipov, Sh.Bobojonovalar tomonidan muloqot ishtirokchilariga bugungi kunda dunyoda mavjud bo’lgan ekologik muammolar to’g’risida atroflicha ma’lumotlar berilib, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish orqali sog'lom turmush muhitini yaratish hamda atrof-muhit muhofazasini oshirishga erishish uchun olib borilayotgan ishlar Urganch davlat universiteti misolida qayd etib o’tildi.

Muloqotda Xorazm MTRK muhbirlari hamda media sohasiga qiziqishi baland bir guruh talabalar ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida talabalar ekologik madaniyatni shakllantirish borasida o’zlarining fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.

 

Ulashish: