Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KENGASHINING 8-MAJLISI BOʻLIB OʻTDI


Bugun, 3-aprel kuni rektor Baxrom Abdullayev raisligida Urganch davlat universiteti Kengashining 8-majlisi bo‘lib oʻtdi. Kengash yigʻilishi anʼanaga muvofiq jamoa uchun quvonchli xabarlar bilan boshlandi. 

Urganch davlat universitetida uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan faxriy ustoz, universitet bosh muhandisi Siddiqov Marat Xalilovichning 70 yosh yubileyi munosabati bilan rektor B.Abdullayev qizgʻin qutlab, uzoq yillik samarali mehnatlarini eʼtirof etdi va jamoa nomidan esdalik sovg’alarini topshirdi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri N.Fayzullayevga Dotsent lik diplomi, Texnika fakulteti oʻqituvchisi S.Atashevga PhD diplomi topshirildi. 

26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan “Navro'z sadolari” milliy cholg'ular ko'p ovozli ansambl va orkestrlari xalqaro ko'rik festivalida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Urganch davlat universitetining dirijor I.Karimov rahbarligidagi “Jayxun” orkestr jamoasiga sertifikatlar tantanali topshirilib, jamoa tarkibidagi har bir talaba moddiy ragʻbatlantirilishi bildirildi.

Shuningdek, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayevaga Oliy Majlis senatining, amaliyotchi psixolog M.Avezovaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorliqlari topshirildi.    

Shundan so’ng, kengash kun tartibidan o’rin olgan masalalar yuzasidan o’z ishini davom ettirib, masʼullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Tur xil masalalar muhokama etilib, OAK dotsentligi uchun nomzodlar saylovdan oʻtkazildi.

Ulashish: