Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



“KOREYS FILOLOGIYASI VA KOREYASHUNOSLIK O’QITILISHINI YANGI BOSQICHGA KO’TARISH MASALALARI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O'TKAZILMOQDA


Bugun, Urganch davlat universitetida 19-20-aprel kunlariga mo'ljallangan “Koreys filologiyasi va koreyashunoslik o’qitilishini yangi bosqichga ko’tarish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanning ochilishi bo’lib o’tdi. 

Anjumanni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi va konferensiya ishiga rivoj tiladi. 

Konferensiyada O’quv ishlari bo’yicha prorektor S.Xojaniyozov, Xorazm viloyati Koreya madaniyati markazi direktori Kim Antonina, UrDU professori J.Ermetova, xorijdan va Respublikamizning ko'plab OTMlaridan olimlar ishtirok etishmoqda.  

Anjumanda O’zbekistonda koreyashunoslikning bugungi kuni va istiqbollari, Koreyaning mamlakatshunoslik fanini o’qitishning samarali yo’llari hamda Koreya milliy teatri mavzulari bo’yicha ma’ruzlar tinglandi.

 

Ulashish: