Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va XFX”kafedrasi 191-Ekologiya va AMM guruhida tadbir o‘tkazildi


Tadbirda guruh rahbari A.Masharipov so‘zga chiqib, bugungi kun mavzusi bo‘yicha qisqacha to‘xtaldi, hamda tadbir mehmonlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Tadbir ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Shundan keyin O‘zbekiston ekologik partiyasi Xorazm viloyat kengashi rahbari K.Jumaniyozov so‘zga chiqib, Tabiat, tabiat unsurlari, undagi tirik oraginzlar, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda bu munosabatda insoninng o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, U o‘z so‘zida, bugungi kunda Respublikamizda atrof-muhit muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. 
Keyin viloyat partiya faoli va mutaxassis A.Raximov so‘zga chiqib, tabiat resurslari undan oqilona foydalanish, tabiatni sevish, asrash, uni muhofaza qilish va kelgusi avlodga etkazish borasida viloyat olib borilayotgan amalshiy ishlar hamda bu borada yoshlarning o‘rni va roli to‘g‘risida kengroq to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng guruh rahbari A.Masharipov so‘z olib, Ekologiya va atrof-muhit masalalari, yosh avlodni tarbiyalashda tabiatni sevishga o‘rgatish, uni e’zozlash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda yangi texnologiyalarning joriy qilinganligi va bu borada esa olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan keyin guruh talabalaridan A.Aminov, A.Bekchanov, S.Sadullaeva va Sh.Rajabbaevlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 
Tadbir so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar berildi. 

Ulashish: