Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Telegram ijtimoiy tarmoqlarida Davronbek Raxmonov nomli obunachi tomonidan yo‘llagan maqola yuzasidan RADDIYA


Bugungi kunda Urganch davlat universitetining asosiy maqsadi – “O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar asosida  ta’lim muassasasini barqaror rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablariga moslashtirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash kabi universitetni rivojlantirishning strategik vazifalaridan iborat.

Shunday bir jarayonlarda telegram ijtimoiy tarmoqlarida Davronbek Raxmonov nomli obunachi tomonidan yo'llagan maqolada Urganch davlat universiteti mutasaddilari tomonidan o‘qituvchi pedagoglarga va o‘z sohasining professionallariga yuqoridan bosim bo‘layotgani haqida xabar maʼlumot borligi haqida fikrlar bildirilgan. 

To‘g‘ri, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi, har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga egaligi belgilangan. Ammo, murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi ham nazarda tutilgan.

Shunga asosan, telegram ijtimoiy tarmoqlarida Davronbek Raxmonov nomli obunachi tomonidan ta’lim dargohiga nisbatan sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini oyoqosti qiluvchi, obro‘sini to‘kuvchi asossiz fikrlari, huquqni anglab yetmaganligi, qonunlarni tushunmasligi oqibatida  jarimaga tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Obunachi tomonidan  haqiqatdan Urganch davlat universiteti mutasaddilari tomonidan, o‘qituvchi pedagoglarga va o‘z sohasining professionallariga yuqoridan bosim bo‘layotgani haqida asoslantiruvchi dallilar hamda bu kabi illatlarga qarshi kurashish istagi bo‘lsa, ushbu ma’lumotlarni taqdim qilsa, bizning ushbu holarlarni o‘rganib chiqishda hamda tez fursatlarda tegishli choralar ko‘rilishiga amaliy yordam bo‘lar edi.  

Bugungi kunda o‘qituvchilarimiz talabalar bilimini baholashda mutlaqo mustaqil va ularga rahbariyat tomonidan bosim o‘tkazish holatlari aniqlanmagan. 

UrDU maʼmuriyati

Ulashish: