Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Janubiy Koreyaning Soonchunhyang universiteti delegatsiyasi UrDUga tashrif buyurdi


Bugun, 8-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Soonchunhyang universiteti vakillari: Xalqaro  aloqalar boʻlimi boshligʻi Suejung LEE, Samarqand Koreya markazi vakili Inyoung YOO, Xalqaro taʻlimni qoʻllab-quvvatlash markazi boshligʻi Jaesam LIM Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. 

Dastlab delegatsiya aʼzolari bilan UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyozov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, dekan oʻrinbosari J.Kushmanov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshligʻi E.Yo'ldashev hamda loyiha rahbari, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professori J.Ermetovalar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Muloqotda  2024/2025 oʻquv yilida talabalar almashinuv dasturini hamkorlikda tashkil etish, Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili yoʻnalishiga koreys tilidan dars mashgʻulotlari olib borish uchun mutaxassislarni jalb etish va  King Sejong instituti dasturlarni joriy etishga kelishib oldindi. Shuningdek,  Koreys tili oʻqituvchilarini faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va KSLE loyihasi doirasida tashkil qilingan Filologiya va tillarni oʻqitish (Koreys tili) yoʻnalishi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda 2025-oʻquv yili uchun chet el koʻngillilar dasturlari bilan tanishish maqsad qilindi.

Mehmonlar uchrashuvdan soʻng, Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan uchrashib, ular oʻrtasida oʻtkazilgan Hangl (Koreys alifbosi) bayramiga bagʻishlangan musobaqada ishtirok etdilar va eng chiroyli koreys yozuvi gʻolibini aniqlab berib, sovgʻalar ulashdilar. 

Ulashish: