Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Badminton sport turi bo'yicha talaba va murabbiylar Sirdaryo viloyatiga jo'nab ketdilar


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25-oktyabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-son qaroriga muvofiq joriy yilning 27-30 yanvar kunlari Sirdaryo viloyatida badminton sport turi bo‘yicha “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan badminton sport turi bo‘yicha “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichida ishtirok etish uchun Urganch davlat universitetining talabalari va murabbiylari Sirdaryo viloyatiga jo'nab ketdilar.

Ulashish: