Seminarda "Roman - german filologiyasi" kafedrasi stajor-o'qituvchisi Qilicheva Shahlo Marksovnaning "Chet tilini o'rgatishda sun'iy intellekt ilovalaridan unumli foydalanish" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Seminarda sun’iy intellektga asoslangan platformalar, o‘qitish dasturlari va interaktiv ilovalar yordamida til o‘rganuvchilarning mustaqil ishlash, tahlil qilish va amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali yo‘llari yoritib berildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining o‘quv jarayonini individuallashtirishdagi, til o'rganuvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati amaliy misollar bilan tushuntirildi.
Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.