Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi yetakchi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri boʻlgan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan Germaniyaning xalqaro ASIIN akkreditatsiya tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 2025-yil noyabr oyida ushbu tashkilot tomonidan akkreditatsiya jarayoni tashkil qilindi.
2026-yil 17-aprel kuni ASIIN tashkiloti Akkreditatsiya komissiyasining umumiy xulosasi taqdim etildi. Unga koʻra, Urganch davlat universitetining tekshiruvdan o'tkazilgan barcha taʻlim dasturlari ijobiy deb baholandi:
60540100 - Matematika (bakalavr taʻlim yoʻnalishi),
60540200 - Amaliy matematika (bakalavr taʻlim yoʻnalishi),
60530500 - Fizika (bakalavr taʻlim yovnalishi),
70540101 - Matematika (magistratura mutaxassisligi),
70530501 - Fizika (magistratura mutaxassisligi),
70540202 - Matematik injiniring (magistratura mutaxassisligi)
Mazkur natija oliy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro talablar asosida kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir. Ushbu yutuq — professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarning fidokorona mehnati, jamoaviy sa’y-harakatlari natijasidir.
Qadrli jamoa, ushbu yutuq barchangizga muborak bo‘lsin!
.jpg)