Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Oliy ta`lim muassasalarda ham 2019-2020 o'quv yili onlayn tarzda yakunlanadi


Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'iga ko'ra Oliy ta`lim muassasalari uchun quyidagilar vazifa etib belgilandi:
- o'quv jarayonini uzluksizligini ta'minlash orqali 2019/2020 o'quv yilini masofaviy ta'lim asosida joriy yilning 1-iyuligacha yakunlash va buning uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- masofaviy ta'lim jarayoniga jalb etiladigan professor-o'qituvchilar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotganlar va tegishli lavozimdagi ishchi-xodimlarni mehnat qonunchiligiga asosan ularning roziligiga ko'ra belgilangan tartibda ta'tildan chiqartirib olish hamda masofaviy ish rejimiga o'tkazish;
- mehnat ta'tilining bir qismini olgan professor-o'qituvchilar ta'tilning foydalanilmagan qolgan qismini odatda beriladigan yoz oylariga rejalashtirishini ta'minlash;
- professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari buzilishiga zinhor yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish;
- yozgi ta'til davrida ishda bo'ladigan professor-o'qituvchilar tomonidan masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalarni alohida grafik asosida o'qitish va fanlarni o'zlashtirish jarayonlari hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish jarayonlarini amalga oshirilishini ta'minlash;
-masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalar ro'yhatini 3 kun muddatda shakllantirish;
- bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amalyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida (mavzu, uslubi, shakli, tartibi ta'lim yo'nalishi xususiyatiga muvofiq oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi) amalga oshirilishini ta'minlash(amaliyot amalga oshirilgan yo'nalishlar mundan mustasno);
- bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) davlat imtihoni shaklida (on-line test sinovlari, on-line himoyalar va boshqa) o'tkazishga tegishli tashkiliy metodik tayyorgarlik ko'rish;
- magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini on-line himoyalar orqali o'tkazilishini ta'minlash choralarini ko'rish vazifalari yuklatilsin.

Ulashish: