Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Kelajak avlodga – ma`naviy tuhfa


Xudargan RahimovXotira shunday ruhiy-ma’naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotira tiniqligi – tuyg‘ular tiniqligi, xotira yorqinligi – ruh yorqinligi, xotira tozaligi – hayot tozaligi, o‘ylar, orzu-maqsadlar, intilishlar pokizaligidir. 

2021-yilning 16-yanvar kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ishbilarmon, o`z zamonasining tashabbuskor va mohir rahbari  Xudargan Rahimov xotira kechasiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Ushbu  xotira kechasiga Xudargan Rahimovni yod etish va u kishi haqidagi unutilmas xotiralarni ulashish maqsadida do`stlari tashrif buyurdi.  

Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ochib berib, Xudargan Rahimovning shaxsiy kutubxonasidan o`rin olgan 958 ta kitoblar jamlanmasini uning o`g`li B.Rahimov tomonidan universitet Axborot resurs maktabiga hadya etganligi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.  

Shuningdek, tadbir davomida Filologiya fakulteti dotsenti M.Pirnazarova, Tarix fakulteti dotsenti N.Abdullayevalar so`zga chiqib, marhumning hayot yo`li, rahbarlik tajribasi, keng dunyoqarashi va ibratli hayot yo‘li haqida gapirdilar.
Tadbirda universitet professor-o`qituvchilari, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talaba yoshlar faol ishtirok etdi. 

Ulashish: