Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o`tkazildi.


2021-yil 13-fevral kuni Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

 Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov so`zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan joriy yilda amalga oshiriladigan "Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi, oliy ta’limda olib borilayotgan tub o`zgarishlar, shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida gapirib o`tdi. 

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Kupalov  Jismoiny madaniyat fakultetida ta’lim jarayonining  tashkil etilishi, yangi joriy qilingan kredit modul tizimi, universitet ichki tartib qoidalari haqida ota-onalarga ma`lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ota-onalarning  taklif va istaklari,  mavjud muammolar yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, tegishli savollariga javoblar bildirildi.

Ulashish: