Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



IJRADAGI TALABALAR HAR DOIM NAZORATDA


Bugun yoshlarni bir joyga jamlash, ular bilan jiddiy ish olib borish haqida ko‘p gapirilmoqda. Shu ma’noda, ijarada turgan talabaga ham alohida e’tibor zarur. Bu borada Prezidentimizning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endi har bir kurs rahbariga ijarada yashagan talaba bilan jiddiy ishlashi belgilab berilgan.

Davlatimiz tomonidan murabbiylarga ko‘rsatilgan e’tibor tufayli,  murabbiylar o‘z ustida yanada ko‘p ishlamoqda. Jumladan, har bir talabani muntazam nazorat ostiga olib, tartib intizomni kuchaytirishga, ularning ta’lim olish sifatini mustahkamlashga, ma’naviy boy qilish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, muzey, tarixiy qadamjolar, mustaqillik davrida qurilgan inshootlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.Talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldor ekani ayon. Talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgani aniq. Ayni paytda, ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini, kimning xonadonida kim bilan birga istiqomat qilishini bilish pedagog- murabbiylarning burchi va vazifasidir.  Shu maqsadda, joriy yilning 1-mart kuni UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti “Sport faoliyati” kafedrasi  mudiri dots. F.Masharipov boshchiligida kafedra murabbiylari  S.Kenjayev, B.Ataniyazov, O.Hasanovlar hamrohligida ijarada turgan talabalarning uylariga tashrif qildilar. Ijarada yashaydigan talabalarga sanitariya-gigiyena talablari, yashash sharoiti odob-axloq qoidalari, gazdan foydalanish talablari, kompyuter vositalari, internetdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ulashish: