Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TOMONIDAN “ULLI HOVLI” MAJMUASIDA MEDIA-TUR O`TKAZILDI.


Bugun, 31-mart kuni Urganch davlat universiteti tomonidan “Ulli hovli” majmuasida  Media-tur hamda O`zbek-turkman do`stlik uyida  "Millatimizga xos diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlikni ta`minlashda jamoat tashkilotlarining roli" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Ushbu Media-turda Urganch davlat universitetining rahbariyati boshchiligida professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlari shuningdek, Istiqbolli avlod NNT, Ishbilarmon ayol Xorazm viloyati jamoatchilik markazi hamda Qozoq, rus, tatar, koreys milliy-madaniy markazlari vakillari va OAV vakillari ishtirokida o`tkazildi. 

Media-turga tashrif buyurgan mehmonlarni O'zbek-turkman do'stlik jamiyatining  Xorazm viloyati rahbari Davlatnazar Rajabov kutib olib, tarixiy obida bo`ylab sayohatga boshladi. Sayohat davomida ushbu obidani tarixi, bunyod etilishi bilan bog`liq bir-biridan qiziqarli ma`lumotlar berib bordi.

Ikki davlat o`rtasida qo`shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida barpo etilgan «Ulli hovli» majmuasi tarixiy obidalardan biridir. XVII asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mehmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

Hozirda devor bilan o‘ralgan qalʼa o‘tmishga nazar tashlab, ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun doim ochiqdir. Bu yerda deyarli har kuni o‘zbek va turkman madaniyatiga oid qo‘shiq va raqslar, konsertlar o‘tkaziladi.

Qalʼada siz tuyalar va otlarni minishingiz, hunarmandchilik ustaxonalari va galereyalarni aylanib o‘tishingiz, haqiqiy turkman askarlari bilan selfi qilishingiz va o‘zbek o‘tovlarida ovqatlanishingiz mumkin.

Media-tur  yakunida  O`zbek-turkman do`stlik uyida  "Millatimizga xos diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlikni ta`minlashda jamoat tashkilotlarining roli" mavzusida davra suhbati o`tkazilib, unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov, O'zbek-turkman do'stlik jamiyatining  Xorazm viloyati rahbari D.Rajabov, Koreys milliy-madaniy markazi rahbari Antonina Kim, shuningdek, rus va qozoq milliy-madaniy markazilari vakillari mavzu yuzsidan so`zga chiqdi. 

​ 

Ular o`z nutqida O`zbekiston ko`p millatli yurt ekanligi va har bir millat vakillariga davlatimiz tomonidan alohida e`tibor qaratilib, ularni rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilayotgani, millatlararo hurmat-izzat va hamkorlik mustahkamlanib borayotganligi haqida atroflicha to`xtalib o`tdilar. 

Ulashish: