Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



O‘ZBEK SPORTINING RIVOJLANISHIGA KATTA HISSA QO‘SHGAN TANIQLI OLIM, MOHIR PEDAGOG, SPORT USTASI, XALQARO TOIFADAGI HAKAM BILAN IJODIY UCHRASHUV


Bugun, 5-aprel kuni o‘zbek sportining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan taniqli olim, mohir pedagog, sport ustasi, xalqaro toifadagi hakam, Urganch davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Rahimov Mahmud Matyoqubovichning 60 yoshga to`lishi munosabati bilan ijodiy-madaniy uchrashuv o`tkazildi.

Tadbirda yetuk sport ustasining ustozlari, hamkasblari, shogirdlari hamda oila a`zolari ishtirok etdi. 

Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, barchaga o`rnak bo`ladigan mazmunli faoliyat egasi bo`lmish M.Rahimovni 60 yosh yubileyi bilan samimiy tabrikladi, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdirlangan "Sport faxriysi" ko‘krak nishonini tantanali ravishda taqib qo`ydi. 

Tadbirda Pahlavon Mahmud jamg`armasi raisi R.Sherjanov, Sport faoliyati kafedrasi mudiri F.Masharipovlar so`zga chiqib, M.Rahimovni ko‘plab xalqaro toifadagi sport ustalari, Osiyo va jahon chempionlari, olimpiada sovrindorlari va g‘oliblarini yetishtirib chiqargani, universitet va viloyat miqyosida ko‘plab sport musobaqalarini tashkilotchisi ekani, shuningdek o`z shogirdlari bilan ko`plab jahon miqyosidagi sport musobaqalaridagi sharafli ishtiroki haqida atroflicha gapirdilar.

Uchrashuv davomida ijodiy-madaniy kecha qahramonining o`zi ham so`zga chiqib, kelajak avlodga namuna bo`ladigan hayot yo`li haqida gapirar ekan, talaba-yoshlarni, shogirdlarini hech qachon harakatdan to`xtamaslikka, hamisha olg`a intilib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Tadbir  talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiq, she`rlar va tabriklar bilan yana zavqli tus oldi.

 

Ulashish: