Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Pedagogika fakultetida ochiq eshiklar kuni o`tkazildi


Yangibozor tumanidagi 23-sonli umumta'lim maktabining bitkazuvchi sinf o'quvchilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Pedagogika fakulteti dekani J.Yarmetov, kafedra mudirlari S.Ollaberganova, B.Nurullayevalar universitetdagi ta'lim jarayoni, o'quv-laboratoriya xonalari, Axborot-resurs markazi,  AKT xonalari, zamonaviy talabalar turar joyi bilan tanishtirdilar. O'quvchilarning oliy ta'lim tizimida tahsil olishga bo'lgan ishtiyoqlarini yanada oshirish maqsadida mavjud ta'lim yo'nalishlari, magistratura mutaxassisliklari to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'ldilar. Uchrashuv yakunida o'quvchilarga universitetda "Kitobxonlik-haftaligi" o'tkazilayotganligi munosabati bilan badiiy adabiyotlar sovg'a qilindi.

Ulashish: