Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



O'qishni ko'chirish


Joriy yilning 20-dekabr kunidan belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish uchun arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

Urganch davlat universitetida ham hududiy ishchi guruh tashkil etilgan bo’lib, arizachilar oliygohning 5-o’quv binosidagi Registrator ofis (109-xona)ga murojaat etishlari so’raladi. Qabul 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar: 
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Qo’shimcha ma’lumot uchun +998622246613 murojaat qilishingiz mumkin!