Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию

  • Зеленый
    университет



Xitoy oliygohlari bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi

Joriy yilning 25-iyun kuni Xitoyning Lanzhou Jiatong universiteti vitse prezidenti Haowen Yan, Xalqaro hamkorlik va almashinuv boshqarmasi direktor oʻrinbosari Zhang Guojin, Fan va texnologiyalar bo‘limi direktori LI Haijun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet rahbariyati iliq qarshi oldi. 

Shundan so‘ng, rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Dastlab Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘.O‘razboyev universitetning bugungi kundagi faoliyati va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dekani J.Ruzimov hamda Texnika fakutleti dekani M.Qurbanovlar fakultetlarning kafedralari va ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar. Shu bilan birga, texnika, muhandislik sohalarida professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish va universitetning ta’lim jarayonlariga mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Shundan so‘ng, tomonlarning rasmiy vakillari Urganch davlat universitetida hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar va Konfutsiy institutini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Ulashish: