Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию



Munosiblar taqdirlandi

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ikki yildan buyon talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar о‘rtasida “Yangi О‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi о‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi mazkur tanlovda Fizika-matematika fakulteti Matematik injiniring kafedrasi tadqiqotchisi Xujatov Nurbek Jumabayevich ham tanlov g‘oliblari qatoriga kirdi.

Ma’lumot о‘rnida aytish kerakki, joriy yilgi tanlovga talabalar va yosh tadqiqotchilardan 500 dan ortiq ilmiy maqola kelib tushgan. Ekspertlar xulosasi asosida shulardan 44 ta eng yaxshi maqola tanlangan va bular asosida “Yangi О‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ikkinchi kitob chop etilgan. E’tiborlisi, mazkur kitob Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan ilmiy nashrlar qatoriga kiritiladi.

Ulashish: